Izohli lug‘at
suv
сув
Ma’nolari
- Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bugʻ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va koʻpgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
- Shunday suyuqlik ichimlik sifatida.
- Soy, koʻl, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida.
- Tarmeva, sabzavot tarkibidagi shira, sharbat, suyuqlik.
- Tirik organizm va aʼzolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira.
- Umuman, turli narsalar tarkibidagi namlik.
- Maza-matrasi, shirasi yoki jiri yoʻq (meva yoki ovqat haqida).
- Kashtachilikda: toʻgʻri yoki toʻlqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi.
- Oʻn tanobga teng yer oʻlchov birligi.
- Turli birikmali nomlar tarkibida keladi, maye.,
Misollar
- Qor suvi.
- Dengiz suvi.
- Oqar suv.
- Turgʻun suv.
- Zilol suvlar, eram kabi bogʻu boʻstonlar, Mening sovgʻam koshonalar, oltin tuproqlar. — Gʻayratiy
- Atmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi.. — "OʻzME"
- Mineral suvlar.
- Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir. — "Fan va turmush"
- Organizmga yod oziq-ovqat va suv bilan kiradi. — "Fan va turmush"Jon (yoki hayot) suvi - 1) hayot bagʻishlovchi, hayot-mamot masalasini hal qiluvchi suv.
- Ular oʻzlariga, oʻz yerlariga, oʻz uylariga hayot suvi keltirish uchun.. kurashga boradilar. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha 2) hayot bagʻishlovchi, jon, fayz kirituvchi narsa.
- Tashqarida bir qoʻsha sozandalar dutor, tanbur, gʻijjak, rubob, nay bilan dunyoga jon suvi sepib, shaharning mashhur hofizlari ashula aytadilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Mashq boiianishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi. — Abdulla Qodiriy — Kichik asarlarSuv ichmoq - 1) suv isteʼmol qilmoq.
- Ot boshiga ish tushsa, suvligʻi bilan suv ichar. Er boshiga ish tushsa, etigi bilan suv kechar. — Maqol 2) sugʻorilmoq.
- Sholining orqasidan kurmak suv ichibdi. — Maqol
- Koʻz tikib turgan yerlarimiz eski ariqdan suv icholmaydi, yangi ariqdan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab yotaveradi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaSuv yoʻli - kemalar qatnaydigan yoʻl.Suv qoʻymoq - sugʻorish uchun suvning yoʻlini ochmoq, sugʻormoq.
- Ekinga suv qoʻymoq.
- Suv boʻyi.
- Suvning narigi beti.
- Suvning koʻtarilishi.
- Anor suvi.
- Sabzining suvi.
- Bogʻingda ochilgan qizil gullaring, Uzumning suviday shirin tillaring. — "Qoʻshiqlar"
- Oshqozon suvi.
- [Yormat] Tumov orqasida burnidan toʻxtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlarOgʻzining suvi keldi - havasi keldi; yegisi, ichgisi keldi.
- Undan narida kattakon doshqozonda osh damlab qoʻyilibdi. Zarchuva solingan, sap-sariq. Ogʻzining suvi kelib ketdi. — "Yoshlik"
- Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo boʻldi. — Hamid Gʻulom — Feruza
- Qovun qip-qizil suv chiqdi.
- Bu shoʻrva emas, shildir suv.
- Suvi oq, guli turli qiyiqcha.
- Har oʻn tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. — I. Jabborov — Koʻhna xarobalar siri
- suv kalamushi, suv echkilari, suv osti kemasi.Ancha (yoki koʻp, qancha-qancha) suvlar oqdi - koʻp zamonlar oʻtib ketdi, ancha vaqt boʻldi.
- Ha, qizim, undan buyon qancha-qancha qorlar yogʻdi, qancha-qancha suvlar oqdi, u vaqtlarda yosh ekanmiz, farosat oz ekan, koʻp-koʻp kamchiliklar oʻtdi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchliSirkasi suv koʻtarmaydigan odam - sirka 1.Sirtiga suv yuqtirmaslik - sirt.Suv boʻlmoq - 1) terlab jiq hoʻl boʻlmoq, terga botmoq.
- Bemor isitmalab, suv boʻlib yotibdi 2) erib suvdek boʻlmoq
- Temirchining qoʻlida temir erib suv boʻlar. — MaqolSuv yoʻgʻida tayammum - tayammum.Suv tekin - tekin.Suv qilib (yoki suvdek) ichmoq - (yoki ichib yubormoq) - suv qilmoq 2.Suv qilmoq - 1) zimdan oʻzlashtirmoq, oʻzlashtirib, gumdon, yoʻq qilmoq.
- Navroʻzda duv-duv gap tarqalgandi: Saidxon kolxozning faloncha pulini gumdon qilib, qamalib yotganmish, pismadonchi molni suv qilib, qoʻlga tushib qolganmish. — Sh. Toshmatov — Tongdagi koʻlanka 2) miridan sirigacha puxta egallamoq, besh qoʻlday bilib, yodlab olmoq.
- Oʻn yetti kun deganda [Moʻminjonning] xati keldi.. yana xati kelguncha, bilmadim, necha marta oʻqib chiqqanmikinman uni. Xuddi suv qilib yubordim. — Q. Maqsumov — Muhabbat qoʻshigʻiSuv quygandek (tinch, jimjit) - churq etgan ovoz yoʻq, jimjit.
- Navoiynig uyi suv quygandek jimjit, hamma oyoq uchida yurar, bir-birlari bilan shivirlashib gapirishar edi. — Mirkarim Osim — Sehrli soʻzSuvga oqizmoq (yoki tashlamoq) - behudaga ketkizmoq, sovurmoq, shamolga uchirmoq.
- U [dehqon] molini sotmadi - suvga oqizdi. Yoʻq, suvga oqizgandan battar boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlarSuvga tushgan nondek boʻshashmoq - juda ham boʻshashib ketmoq, hovridan tushmoq.
- [Otabek] Suvga tushgan nondek boʻkib, boʻshashib, yuz xil sovuq, yaramas xayollar qoʻlida ezilib, oʻzining dunyoda bormi-yoʻqligiga ham tushunmay keta beradir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarSuvga tushsa, quruq chiqadigan - juda quv, ayyor, har qanday mushkul vaziyatdan sip-silliq qutulib chiqadigan.Suvga urib ketmoq - zim-ziyo boʻlib ketmoq, bedarak yoʻq boʻlmoq, yoʻqqa chiqmoq.
- Dunyodan umidi boʻlmagan odamda did ham, orzu-havas ham suvga urib ketar ekan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariSuvda maza bor, bunda maza yoʻq - juda bemaza narsa haqida.Suvday bilmoq (yoki ichmoq, ezib ichmoq) - juda yaxshi bilmoq, chuqur, puxta bilib olmoq, egallamoq.
- [Ertoʻgʻon ota] Suv ilmin suvday ichgan Daryolarning sultoni. Qirq kolxozga suv surgan Miroblarning polvoni. — Q. MuhammadiySuvday serob boʻling - hech narsadan kamchiligingiz boʻlmasin.Tagiga suv ketdi - tagi, zamiri boʻshashdi.
- Boylikning tagiga suv ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlarTushingizni suvga ayting - tush.Oʻzini oʻtga (ham), suvga (ham) urmoq - oʻt 1.Oʻt bilan suvdek - bir-biri bilan sira ham kelisha olmaydigan darajada zid, qarama-qarshi, it-mushuk.
- Ilgarilari oʻt bilan suvdek boʻlgan kundoshlar endi sirdosh boʻlib, chekka-chekkada pichirlashadigan boʻldilar. — Asqad Muxtor — Opa-singillarQoʻlini sovuq suvga urmaydi - qoʻl.Gʻalvirni suvdan koʻtarmoq - gʻalvir.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0