Izohli lug‘at
suyuq
суюқ
Ma’nolari
- Suvi meʼyoridan ortiq yoki nisbatan koʻp boʻlgan; sersuv.
- Maza, kuch beruvchi tarkibiy qismi meʼyoridan kam yoki nisbatan oz boʻlgan; kuchsiz.
- Suyuq osh Ugra oshi, xoʻrda, mastava, moshxoʻrda va sh. k. quyuq boʻlmagan ovqatlar.
- Unchalik qalin, zich boʻlmagan, hakkam-dukkam, siyrak.
- Mazmunan sayoz, siyqa yoki bemaza.
- Fahsh yoʻliga kirgan; buzuq.
Misollar
- Ya na bir ketmon urganda, ajriqzordan bilqillab suyuq loy chiqdi-da, keyin kuchli tiniq suv tikka otildi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Suyuqsut. Suyuq qatiq. Suyuq eritma. tsh Haydarboyning koʻrimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari bu yerdagi juda koʻp odamlarning ham, oʻtgan-ketgan yoʻlovchilar-ningham chanqovini bosibturadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shokir bazzoz Appon cholga qatiq bilan rayhonni uzatdi. U kosasiga keragini solib boʻlgach.. -Qani, Appon, ovqatga qara, — deb, kosadagi suyuq oshni uch-toʻrt bor shopirib qoʻydi. — "Yoshlik".
- Suyuq tutun. m
- Oftob hali qor tashlagan suyuq, oqish bulutlar ortidan chiqmagan boʻlsa ham, tushga borib, hamma yoq ilib ketdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Suyuq gap. Suyuq asar. shya -Postanovkang yogʻi olingan sutga oʻxshaydi, suyuq, — deb tanqid qildim. — S. Abduqahhor — Sanamay sakkiz dema.
- Suyuq erkak. n
- [Umar] Koʻp yurdi, koʻp topdi, topganini sovurdi. Azbatta, u pullar suyuq ayollar yoʻliga ketdi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
- Kimyoviy faol, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. — "OʻzME".
Kelib chiqishi
1 Oqish va oʻzi ishgʻol qilib turgan idish shaklini olish xususiyatiga ega boʻlgan. ◆ Suyuq jism. Suyuqmodda. Suyuqyoqil-gʻi. n Suyuq shisha
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0