Izohli lug‘at
suzilmoq
сузилмоқ
Ma’nolari
- Eskirib, toʻzib yirtila boshlamoq; sitilmoq.
- Andisha yoki noz bilan oʻzini sipo-likka solib, tortinib turmoq.
- Koʻzi suzildi 1) uyqu bosib yoki xumor tutib, koʻzi qisildi.
Misollar
- Bitta pishiqroq koʻylak ham ol-sang boʻlardi oʻzingga.. anov yuvilgan koʻyla-gingning yelkalari suzilib qopti. — A. Muxtor — Davr mening taqdirimda.
- Bir ozdan soʻng, yana gʻalaba nashʼasidan suzilayotgan xumor koʻzlarini bir oz qisib, kulumsiragan-cha gapida davom etdi: -Men xiyonating uchun sendan qasos olmoqchi edim. — "Yoshlik".
- Qiz yana anchagacha xayol surib yotdi. Nihoyat, bu kungi serhayajon voqealar ancha charchatgan ekanmi, koʻzi suzildi. — F. Musajonov — Huri; 2) noz-ishva bilan koʻzlari yarim yumildi.
- Gʻunajinning koʻ-zi suzilmasa, buqa ipini uzmaydi. — Maqol. m
- Zor ingrab yigʻlarman, koʻnglim buzilib, Talpinib kelarman, koʻzim suzilib. — "Tohir va Zuhra".
- Uyga bir-ikki kotnab, suzilgan shoʻrvalarni tashib bitirgach, uyning eshigi-ni bekladi-da, kirib ketdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Biz loyqa suv ichmaymiz hovuz, ariq, anhordan.. Shishadek tozalangan, su-zilib suv ombordan.. Q. Muhammadiy.
Kelib chiqishi
1 Suzmoq I fl. majh. n. Xotin
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0