Izohli lug‘at
taalluqli
тааллуқли
Ma’nolari
- Biror narsa yoki kimsaga aloqasi, bogʻlanishi boʻlgan; daxldor, aloqador.
- Biror narsa yoki kimsaga qarashli, tegishli, mansub.
Misollar
- Ishga taalluqli hujjatlar.
- Mahkamov boshliqning ogʻziga koʻz tikib, ishga taalluqli biror muhim gap kutardi. — Mushtum.
- Gʻijduvonga revkom kelib: — Amir va uning bilan qochgan odamlarga tegishli mollardan va umuman podshohlikka taalluqli narsalardan boshqa narsalar musodara qilinmasin, — dedi. — S. Ayniy — Qullar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0