Izohli lug‘at
tabiiy
табиий
Ma’nolari
- Tabiatning oʻzida mavjud boʻlgan, inson taʼ-siri boʻlmagan; zid. sunʼiy.
- Tabiatning oʻz asl holati, qonun-qoi-dalari bilan bogʻliq boʻlgan, bogʻliq holda yuz beradigan.
- Tabiiy fanlar Tabiat hodisalari va qonuniyatlari haqidagi fanlar majmui.
- Aslida (yaratilishida) bor boʻlgan.
- kesim vazifasida. Odatga, mantiqqa toʻgʻri (ke-ladigan), boʻladigan hol.
- Albatta, oʻz-oʻzidan, shubhasiz, aniq.
Misollar
- Tabiiy boylik-lar. Tabiiy sharoit. Tabiiy gaz. m
- Tuz tabiiy konlardan va shoʻr suvlardan olinishi malum. — "Fan va turmush".
- Uning fikricha, sunʼiy shoxlatilgan gʻoʻzaning yuzta sunʼiy koʻsagidan koʻra shoxlatilmagan gʻoʻzaning oʻn-ta tabiiy koʻsagi afzalroq — ogʻir va nax-tasining tolasi uzun boʻlishi kerak edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Issiqkoʻl sohillarini tabiiy shifobaxsh maskan, deya bejiz aytishmaydi. — Gazetadan.
- Tabiiy tanlanish. Tabiiy uz-garishlar. yash "Boburnoma" ni varaqlar ekan-siz, oʻrni-oʻrni bilan tabiat manzaralari chizilgan lavhalarga, tabiiy hodisalar tas-viriga duch kelasiz. — "Fan va turmush".
- Bu tabiiy ofat [er qimirlashi) kishilarning irodasi mustahkam, bir-biriga madadkor.. ekanligini yana bir bor isbotladi. — Gazetadan.
- Nega oʻrta asrlarda tabiiy fanlar jahonni hayratga solarli darajada taraqqiy etib, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi allomalar yetishib chiqdi? — S. Karomatov — Oltin kum.
- Jla-bidagi tabiiy xoli oʻziga yarashgan. yat Tabiiy holati buzilmagan tuproqning unumdorligi tuproqning tabiiy unumdorligi deb ataladi. — "Fan va turmush".
- Yangi yil arafasi-da har bir qalbda eng dilbar orzular oshib-toshadi, bu — tabiiy. — "Saodat".
- Katta ish bajarayotganda, odam mayda-chuyda kamchilik-larga yoʻl qoʻyishi tabiiy. — F. Musajonov — Himmat.
- Kishi ogʻir damlarda qadrdon doʻst-larini yodga olar ekan, yurtini qoʻmsashi tabiiy. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Tabiiy, Xushroʻyning felini yaxshi 6wi-gan ota-ona uning raʼyini olmasdan turib, bir ish qilmoqdan qoʻrqardilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Soʻzamol, badavlat.. qari togʻaning birdan koʻz yumib, sukutga boti-shining sababini, tabiiy, Yoʻlchi tushunma-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kech. Tabiiy, bu choq kishilar orom ogʻushida. — N. Safarov — Olovli izlar.
Kelib chiqishi
a. طَبِيعِيّ – tabiatga oid, tabiatda boʻladigan; odatiy, meʼyoriy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0