Izohli lug‘at
taftish
тафтиш
Ma’nolari
- [ arab. - izlash, qidirish; tekshirish, nazorat qilish ]
- Boʻlib oʻtgan ish, hodisa va sh.k. yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruv, tergov, soʻroq.
- Qidiruv, tintuv.
- Biror muassasa yoki mansabdor shaxsning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining toʻgʻriligi, qonuniyligini aniklash maqsadidagi tekshiruv.
- Taftish qilmoq (yoki etmoq) Tekshiruv oʻtkazmoq (taftish xar uchala maʼnosida).
Misollar
- Rejali yillik taftish. Taftish komissiyasi.
- [Navoiy:] Taftishlar shuni koʻrsatadiki, Yodgorbek qoʻzgʻolonida bu odamning ham qoʻli boʻlgan. — Uygʻun va ISulton, Alisher Navoiy.
- Oʻgʻlingiz sizdan yashirib, Hamza hojining bedin maktabiga qatnarmish deb eshitaman, shu rostmi? -Taftish qildim, taqsir, qatnar ekan. — K.Yashin — Hamza.
- Oʻgʻrilar tutilsin, dorga osilsin! Har bir xonadon taftish qilinsin. — J.Sharipov — Xorazm.
- Birinchi taftish yuzaki oʻtkazilgani haqida eʼtirozlar tugʻilgach, respublika agrosanoat komitetidan mutaxassis chaqirishdi. — "Mushtum".
- Partbyuro Ogʻajonning arizasini taftish etish yuzasidan komissiya tuzdi. — S.Karomatov — Oltin qum.
- Eshmamat Ashurovning ish faoliyati taftish qilinganda, ming soʻmga yaqin kamomad aniqlandi, ish haqidan 2138 soʻm ortiqcha olingan. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0