Izohli lug‘at
tahdid
таҳдид
Ma’nolari
- . Qoʻrqituv, doʻq, poʻpisa.
- Taadid qilmoq Taxdidli xatti-harakat qilmoq, doʻq-poʻpisa qilmoq.
- . Biror falokatning, qoʻrqinchli voqeaning sodir boʻlish xavfi; xatar, xavf.
Misollar
- Gulnorning zaharlanganini Mirzakarimboy va oʻgʻillari qatʼiyan rad qilib, maʼsuma qurbonning ota-onalarining tillarini doʻq, tahdid bilan muhrlashga tirishdilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nusratilla mehmonning koʻziga qarab turib, tahdid bilan aytdi: - Chiqib keting! — A. Muxtor — Opa-singillar.
- U Hamidani chaqirib olib, Haydarga tayoq bilan tahdid qilib qoʻydi. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
- Yoʻqol, koʻzimga koʻrinma! — bek ovozini koʻtarib tahdid qildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Tahdid solmoq.
- Bilaman, hayotim tahdid, xatarda. — U. Qoʻchqorov. —
- Bu punktda barqaror boʻlgan armiya kuchlari dushmanning soʻl qanotini katta tahdid ostida qoldirgandi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
Kelib chiqishi
arab. – doʻq qilish, qoʻrqitish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0