Izohli lug‘at
tahorat
таҳорат
Ma’nolari
- Ibodat qilish, namoz oʻqish, qurʼon tilovat qilish oldidan bet, qoʻl, oyoq va b. aʼzolarni yuvish, poklanish, shunday poklangan holat.
- Tahorat ushatmoq (yoki sindirmoq) Yozil-moq, boʻshalmoq; hojatga bormoq.
Misollar
- Tahorat qilmoq (olmoq). n Soʻfi azonni aytdi, garchand ta-horatim boʻlmasa ham, kirib jamoat bilan namoz oʻqidim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
- Eshon aya ichkariga oʻrin solib, obrez oldiga obdastada tahorat suvi qoʻyib, mehmonxonaga chiqdi. S. — Ahmad — Hukm.
- Hozir tahorat oldim. Namozi jumanioʻqib olay. — S. Ahmad — Hukm.
- Mehmonlar oʻrinlaridan turib, uvushgan oyoqlarini uqa-lab, kerishib, kim qoʻl yuvishga, kim tahorat ushatishga tarqaldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
a. cjjlj-L — tozalik, poklik, yuvinib toza boʻlganlik; hojatdan soʻng suv bilan tozalanish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0