Izohli lug‘at
tahsin
таҳсин
Ma’nolari
- Mamnuniyat bilan, maʼqullab berilgan yuqori baho; maqtov, tasanno.
- Tahsin oʻqimoq (yoki aytmoq) Koʻkka koʻ-tarib maqtamoq, yuksak baholamoq, tasanno oʻqimoq.
- und. s. kam qoʻll. Balli, ofarin. -
Misollar
- Koʻpchilikning tahsin yea rahmatiga sazovor boʻlib, yaxshi odam degan nomga munosib boʻlish oson emas. — Shukrullo — Yaxshi xulq — yaxshi husn.
- Gʻulom-jon, qozining koʻz qarashida allaqanday iliqlik, hatto tahsin sezdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shahodat mufti uning aqliga tahsin oʻqiy-oʻqiy, nos chekib, oʻz joyiga oʻltirdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Tah-sin-tahsin! — deydi Xatib domla [mulla Obidga] hasadli taajjub bilan, — toza ham pulni qirdik, deng.. Tahsin-tahsin! — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Kelib chiqishi
a. تَحْسِين — yaxshilash, takomillash; tuzatish; maʼqullash, maqtash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0