Izohli lug‘at
takomil
такомил
Ma’nolari
- Rivojlanish, kamol topish.
- Mukammal, kamolga yetgan holat; kamolot, yetuklik.
- Takomil topmoq; Kamolga yetmoq.
Misollar
- Tadrijiy takomil.
- Shoir [Hamid Olimjon] ijodiy takomilining oʻziga xos davrlari bor. — Gazetadan.
- Ha, Nigera bekam-koʻst goʻzal. U tabiat goʻzalligining takomili, inson latofatining ayni mujassami edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Sen ona! Sen bitmas hayot bulogʻi. Hayotni yaratgan muhtaram omil. Ulugʻ kelajakning yosh nihollari Sendan tarmoq yozib, topar takomil. — Zulfiya.
Kelib chiqishi
arab. – kamolga yetish; mukammallik; bir butun boʻlib birlashish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0