Izohli lug‘at
taloq
талоқ
Ma’nolari
- . Nikohni buzish, bekor qilish haqidagi er tomonidan aytiladigan soʻz; bu soʻzning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan toʻla ozod qiladi.
- Taloq qilmoq "Taloq" soʻzini aytib, nikohni buzmoq.
- Uch taloq Uch marta taloq; uzil-kesil ajralish (bu holda shariat qoidasiga koʻra, xotin to boshqa erga nikoxlanib, yana ajralmaguncha, oʻz eri bilan yarashuvi mumkin emas).
- Taloq xat(i) xat 9.
- . Qiz, xotin kabi soʻzlar bilan qoʻllanib (odatda qoʻshma soʻz sifatida), shu soʻzga nisbatli soʻkishni, haqoratni bildiradi.
Misollar
- "Taloq" soʻzini eshitgan Kumushning koʻzi yarq etib ochilib, yana yumildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xotin qilish qoʻlingizdan kelmasa, taloq qiling! — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- Usta Abdurahmon qizlarni koʻp uradi. Bir kuni Niso buvi: Ursangiz, oʻsha doʻkoningizga olib borib uring, — deganida, usta: Ha, joning achiydimi, bundan keyin men urayotganda, kulib turmasang, uch taloqsan.. — deb yubordi. — A. Qahhor — Boshsiz odam.
- Men axir singli taloqni joʻrttaga qoptirdimmi? — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Tirnoqcha joyimni sen xotintaloqqa bermaganim boʻlsin. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..he, gap bilguncha ish bilgin, bachchataloq! — A. Qodiriy — Meqrobdan chayon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0