Izohli lug‘at
talpinmoq
талпинмоқ
Ma’nolari
- Qanot qoqib, qoʻllar-ni qanot kabi yoyib, oldinga intilmoq.
- Umuman, old tomon xarakat qilmoq, tashlanmoq.
- Erishish, yetishish yoʻlida, xa-rakatida, maqsadida boʻlmoq; intilmoq.
Misollar
- Uchishga talpinayotgan qushdek yuragi hap-riqayotgan Zulfiqorning hayajonini Meʼmor yaxshi sezib turardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Dadasiga talpinib turgan Kimsanni Zebi-niso eriga uzatdi-da.. toʻrt tomonga qaray boi^adi. — N. Safarov — Saodatning qissasi.
- Men oʻzimni vagondan otdim, me-ni koʻrib, Salomat ham oldinga talpindi. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Yigitali.. hushidan ke-tayozgan qizchani mahkam bagʻriga bosib, tash-qariga talpindi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Mashina oʻjarlik bilan oldinga talpinadi qumlikdan, changdan. — "Oʻzbekiston qoʻrikdari".
- Avaz Mutribni.. bir mehr bilan suyadi, unga hami-sha qalban talpinadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bunday paytlarda yashil koʻkat qanchalik koʻzni quvontirsa, shoʻrxok taʼbni shunchalik xira qilar, bamisoli biri hayotga talpinsa, ik-kinchisi uni boʻgʻmoqchi boʻlardi. — R. Fayziy — Choʻlga baxor keldi.
- ..shon-shuhratga, amalga talpinayotgan kimsalarning qilmishi koʻng-lini ozdirdi, gʻazabini qaynatdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0