Izohli lug‘at
talqin
талқин
Ma’nolari
- [a. - oʻqitish, oʻrgatish; oʻgitlash; aniq qilib tushuntirish; ,oʻqib, bilib oʻzlashtirib olish]
- Diniy vaʼz, taʼlim.
- Mazmun, mohiyatini tushuntirish; sharx.
- Obraz yoki musiqiy asarning oʻynov-chi, ijro etuvchi tomonidan yoritilishi, ijrosi.
- Talqin qilmoq (yoki etmoq) 1) diniy vaʼz-nasihat qilmoq; 2) tushuntirmoq, izoh-lamoq, talqinini bermoq.
- mus. Shashmaqomda asosiy kuyning mustaqil qismi.
- Qoʻshiq, ashula.
Misollar
- [Shum bola:] Biz avva,z xonaqohga ki-rib bordik. Qalandarboshi eshikdan.. talqin boshlab kirdi. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Shuning uchun yolgʻiz ibodat, duo, talqinlar kifoya qilmaydi. Qatʼiy harakat kerak! Harakat! — N. Safarov. Sharqtongi.
- Dilovarim, dalalarim, ehromlarim ol-tindan, Soʻz topolmam, baland turar taʼ-riflardan, talqindan. — E. Oxunova — Ikki okean osha.
- Rasuljon xayrlashib ketgandan keyin ham, uning talqinini har kim oʻzicha izohlab, uzoq bahslashib oʻtirishdi. — J. Ab-dullaxonov — Xonadon.
- Majdiddin obrazi Obid Jalilov talqinida shu qadar salmoqli chiqqanki, usiz spektaklni tasavvur qilish qiyin. — F. Joʻrayev — Obid Jalilov.
- Ammo, bari bir, suiqasdni har kim har xil talqin etardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Demak, u Shokir akaga taqlid qilishdan qochib, rolni oʻzicha talqin etgan. — M. Xayrullayev — Koʻngil.
- Talqini bayot. Talqini novo. hi
- Sozanda bir juft nagʻma chalib, talqinga oʻtdi. Hofiz yigit.. ovozi shirali, yuraklarni sel qilib, tinglovchilarni yerga qaratib qoʻyardi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Erta sahar tushar tongning salqini, Paxtazorda xotin-qizlar talqini. — "Qoʻshiqlar".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0