ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

tanishmyuq

танишмюқ

Ma’nolari

  1. Tanimoq fl. birg. n. Ular meni tanishmadi. n Toshkentimiz shunday oʻzgarganki, uni uzoq koʻrmaganlar ho-zir tanisha olmaydi.
  2. Kimsa bilan oʻzaro tanish boʻlmoq, bir-birini tanib, bilib olmoq. Bekmurodov bilan oʻtgan yili dam olish uyida tanishgan edim. S. Ahmad, Yulduz. Odatda koʻpchilik qizlarning husni tanishib, suhbatlashib, doʻstlashib ketganingdan keyin ochiladi. Shuhrat, Shinelli yillar. Albatta, oʻzing birga borasan, qudalaring bilan tanishmo-gʻing ham zarur. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  3. Mufassal oʻrganmoq, koʻrib chiqmoq, bilib olmoq. Ish bilan tanishmoq. Shahar bilan tanishmoq. n U guvala devorli koʻchalarda uyma-uy yurib, kolxozchilarning turmush sharoiti bilan tanishib chiqdi. Y. Shamsharov, Toshqin.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0