Izohli lug‘at
tanob
таноб
Ma’nolari
- esk. Yer oʻlchash, uzunlik oʻlchash, chiziq tortish va shu kabilarda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip.
- Tanob tortmoq (yoki urmoq) Reja ip tortib oʻlchamoq.
- Umuman, ingichka arqon, chilvir yoki kanop ip, rishta.
- esk. tar. Oʻrta Osiyo xonliklarida: tomonlari 60 gazdan iborat boʻlgan maydonga teng yuza (yer) oʻlchov birligi.
- esk. tar. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda qoʻllangan uzunlik oʻlchov birligi (17-asrda 39,9 metrga teng boʻlgan).
- Ogʻzining (yoki labining) tanobi qochmoq ayn. ogʻzining bogʻichi qochmoq q. bogʻich.
- Tanobini tortmoq 1) yoʻl, hajm va shu kabilar jihatdan qisqartmoq, kamaytirmoq.
Misollar
- Matchon toʻra kuzda hosilni yigʻishtirib olgach, qumgacha choʻzilgan boʻz yerlarga tanob urdirib, oʻziga qoʻshib oldi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Shohning amri bilan ming polvon va kal ikki kecha-kunduz yoʻl tortib, Goʻsha togʻiga yetib, chortigʻlar [chodirlar] tanobini tortib, yotaverdi. — Zulfizar bilan Avazxon.
- Bekam-koʻst turmush kechirib, er-xotin totuv yashayotgan kezlarda toʻsatdan bu inoq oila charxining tanobi uzildi. — I. Rahim — Yosh xotin.
- Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing, Qush uchirgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob. — Nodira.
- Tong otguncha bir tanobcha yerning gʻoʻzasi suv ichdi. — I. Raxim — Chin muxabbat.
- Bogʻning sathini Salim uch yarim tanob, Fazliddin uch tanob moʻl-jalladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Murodovani koʻrganda ogʻzining tanobi qochadigan Zunnunov bugun haqiqatan ham xomush koʻrindi. — I. Rahim — Ixlos.
- -Bor, yana bir miridan tashladim, — deb yubordi. Inglizning labining tanobi qochib, iljaydi. — K. Yashin — Hamza.
- Mingan oti jonivor Yoʻlning tanobin tortdi. — Nurali.
- Umridan baraka topsin. Choʻlning tanobini tortyapti. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Ovqatning tanobini tortib qoʻyishdi. — I. Rahim — Chin muxabbat
Kelib chiqishi
arabcha — arqon; pay
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0