Izohli lug‘at
tanqid
танқид
Ma’nolari
- . Ish-harakat, faoliyat, asar, taʼlimot va shu kabilarning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil.
- . Biror narsaning toʻgʻri, haqqoniy ekanini ilmiy tahlil etish, tadqiq etish.
- . Adabiy faoliyatning badiiy, ilmiy va boshqa turdagi asarlarni, shuningdek, ularda aks ettirilgan hayotiy hodisalarni talqin va tahlil qiluvchi maxsus turi.
- . Kamchilik, nuqson, xatolik va shu kabilarni qayd etish, qoralash, shuningdek, ularni hal etish maqsadida bildiriladigan tanbehli fikr-mulohaza, gap-soʻz.
- Tanqid qilmoq Tanqid tarzidagi gap-soʻz aytmoq, tanqidiy fikr-mulohaza bildirmoq.
Misollar
- Tahlil aylab tersu oʻngingdan, Ikkimizni qiladi behol. Xoʻp doʻpposlab, tanqid soʻngida Ijodimga tilaydi kamol. — E. Vohidov — Muhabbatnoma.
- Tarixiy manbalarning tanqidi. Matn tanqidi.
- Shaxsan men adabiy tanqid faqat adabiyot uchun emas, umuman, maʼnaviy hayot uchun zarur ekanini.. yana ham chuqurroq his etdim. — U. Normatov — Talant tarbiyasi.
- Adabiy-badiiy tanqid bilan adabiyotshunoslik fanining bir-biriga yaqin tomonlaridan tashqari anchagina farqlari va oʻzgachaliklari ham bor. — "OʻTA".
- Faqat bir narsani — shu tanqidga qarshi zoʻr bir dalil topib, yengib chiqishni oʻylashar edi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Tanqid boʻgʻilgan joyda hech qanday taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. — F. Musajonov — Himmat.
- Tanqidning foydasi katta, ishimizni oʻngʻarib olamiz, men buni albatta qilaman. — "Mushtum".
- U gʻoʻzalarini oʻt bosgan zveno boshliqlarining, suv bostirib yuborgan suvchilarning nomlarini yodaki aytib, tanqid qilardi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Boʻtaboyning ishlaridagi kamchiliklarni tanqid qilganimda, maktab masalasini ham qistirib oʻtsam boʻlar edi. — A.QahhorQoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
arab. – baho berish maqsadida oʻrganish, tahlil qilish va shu asosdagi xulosa
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0