Izohli lug‘at
tantana
тантана
Ma’nolari
- Muhim voqea, hodisa va sh. k. munosabati bilan oʻtkazi-ladigan, oʻyin-kulgi, xursandchilik ruhida davom etadigan yigʻin, marosim.
- Biror maqsad, faoliyat yoʻlidagi gʻa-laba, muvaffaqiyat va uning ifodasi.
- Toʻy, xursandchilik yigʻini, marosimi kabilarga oid xatti-harakat, shodiyona ish-lar.
- Gʻolibona, koʻtarinki kayfiyat.
- Tantana qilmoq 1) gʻalaba qilmoq, roʻyobga chiqmoq.
Misollar
- Bayram tantanalari. Yangi yil tantanalari. m
- Tantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni toʻldirgan va ulugʻvor taʼzim.. bilan oʻtirgan olomonga faxrlanib qaradi. — Oybek — Navoiy.
- Qahramonning qishloqqa qaytib kelishi katta tantanaga aylandi. — Nazar-mat — Joʻrlar baland sayraydi. May —
- ba-hor erkasi, gʻalaba ramzi, Shahar, qshiloq-larda tantana, bayram. — R. Bobojon.
- Oybek inson aql-idrokintg, adolat va baxt-saodatning tantanasi yoʻlida gʻoyat ulkan ijodiy jasorat koʻrsatdi. — Gazetadan.
- Tinch-lik uchun kurash, gumanistik gʻoyalar tantanasi uchun kurash ishiga yoshlar ham oʻz his-salarini qoʻshmoqdalar. — Gazetadan.
- Buqarash-da Zebi qandaydir zaharli tantanani sezib, uning maʼnosiga tushundi. — Sh. Rashidov — Qud-ratli toʻlqin.
- Qizidan xabar topib kelgan Yormat uni Shoqosimning kulbasidan tortib olib ket-gach, boy hovlisida toʻy tantanalari bosh-landi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uyda gʻalati bir tantana hukm surardi. — S. Zun-nunova — Yangi direktor.
- Hozir u mamnuniyat va tantana bilan kulumsirab, Mahkamning yaxshi voleybolchi ekanini ayt-di.. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Suyar oʻzining quvonchini tantana bilan eʼlon qildi: -Bu-gun instruktorimizni qoldirdim, dada! — A. Qahhor — Asarlar.
- Mana men ham bugun maqsadimiz tantana qilishiga ishonganim uchun shaharga tushib chiqmoqchiman. — H. Gʻulom — Mashʼal; 2) tantanali holatda boʻlmoq, tantana hukm surmoq. Togʻda ham, pastda ham.. —
- hamma yerda mehnat tantana qilardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Chindan ham poyonsiz choʻlda hayot tantana qilardi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
Kelib chiqishi
ya. d'. U-. U — jaranglash, ja-rang; shovqin; gʻoʻngʻillash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0