Izohli lug‘at
tanti
танти
Ma’nolari
- Oʻzgalarga yordam, sarf va xiz-matini ayamaydigan, mard; koʻngli va qoʻli ochiq.
- Aldam-qaldam, gʻirromligi yoʻq, oʻzaro munosabat, bellashuv va shu kabilarda halol.
- Saxiy, halol.
Misollar
- Boy va tanti kuyov xarajatlarning yirik va maydaligini surishtirmay, choʻn-taklaridan dasta-dasta pul chiqarar edi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- ..Bu tanti yigit oʻz oʻrtogʻi Nizomiddinning zindonda yotishiga aslo yoʻl qoʻymaydi, deb hisoblardi u. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Tanti, lekin bizga emas.. Ziyofatlarini yegan odamlar unga Tanti ot qoʻyishgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Azim tajang qimorboz edi, shuning uchun ham har bir qimorboz singari mard, tanti. — M. Is-moiliy — Fargʻona t. o.
- Tanti boʻliburushay-lik, deb Arza beklarga koʻrsatdi. — "Gulixi-romon".
- Mana qator-qa-tor karvon kelar Goʻzal Fargʻonaning tanti yeridan. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Oʻktam ham Oʻsarjonga qarab, salmoqlanib dedi: -Xullas kalom, mehnatni ayamanglar, ana unda bu joy xiyla tanti boʻladi. — Oybek — O. v. shabadalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0