Izohli lug‘at
taqiq
тақиқ
Ma’nolari
- Man, qatagʻon.
- Taqiq qilmoq (yoki etmoq) Taqiqlamoq.
Misollar
- Islom dini sanʼatni oʻziga xizmat qildirish bilan bir qatorda rassomlik, musiqa va qoʻshiq sanʼatiga muayyan taqiqlar kiritdi. — "Fan va turmush".
- Taqiq qilingan qoʻshiqlarni aytmoq. Besoʻroq kirish taqiq etilgan.
Kelib chiqishi
ushbu soʻz etimologiyasi borasida bir necha variant mavjud: 1) arabcha تعقیق ta’qiqun - uzish, toʻxtatish; quloq solmaslik, boʻysunmaslik soʻzlaridan olingan boʻlishi mumkin; 2) bu yana bir arabcha تحقیق tahqiqun - tekshirish, surishtirish, aniqlash soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin; 3) yana bir ehtimol bu, arabcha تعقیب ta’qibun - ortidan tushish, quvish, jazolash ma’nosidagi soʻzdan yuzaga kelgan boʻlishi mumkin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0