Izohli lug‘at
taraf
тараф
Ma’nolari
- [a. — chet, chekka, uch; oxir-
- gi, soʻnggi nuqta; chekka joy; yon, tomon] ayn.
- tomon 1-4.
- Tarafini olmoq Tarafdor sifatida xa-rakat qilmoq, biror tomonni ximoya qil-moq, qoʻllab-quvvatlamoq; u yoki bu tarafga boʻlishmoq.
- Kurashuvga, bellashuvga, baxslashuvga xohish bildiruvchi shaxe, talabgor.
- Taraf yoʻq Bas keladigan, bellasha ola-digan, tenglashadigan kishi yoʻq.
- folk. Dushman, gʻanim.
- koʻm. vazifasida. (3-sh egalik va ch. k. shaklida). Tomonidan, jihatidan.
Misollar
- U taraf. Bu taraf. Har taraf. n Oʻrdaning tashqarigi qismining uch tara-fi (janub, sharq, gʻarb) binosiz, faqat qoʻr-gʻon devorlarining zinalari edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Kunduzi qum tarafdan iliq, nafasni qaytaradigan shamol esadi. — S. Axmad. Ufq.
- Har ikki taraf, kim oʻzar oʻyna-gandek, otash maqtovlar bshan bir-birini oʻqqa tutdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Shu-ning uchun boshqa oʻyinlarni qoʻya turib, maj-lisning eng qiziq tarafi boʻlib sanalgan lapar aytishga koʻchdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..har ikki taraf oʻrtasidagi vaziyat tobora keskinlashib borardi. — K. Yashin — Xamza.
- Aytmadi, soʻrasam, gapni boshqa tarafga chsshgʻitdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Janjal chiqqan vaqpshrida podiyu kambagʻallarning emas, boylarning tarafini olar ekan. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Biror shaharga kelganida, unga \ Qulmatqoraga] taraf chiqmay qolsa bormi, bunday shaharning yigitlari yigit hisoblanmasdi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Ishboshi: -Dani, taraf bormi? — deb, polvonlarni maydonga chaqir-ganda, nima boʻldi-yu, tavakkal qilib, oʻrnim-dan turibketdim. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Uning [Va-lijonning\ odamoxunligi, koʻngilchanligiga taraf yoʻq. — H. Nazir — Olmos.
- Gapdan gap chiqarishga senga taraf yoʻgʻ-a, xotin.. — A. Muhiddin — Hadya.
- Dashshoqlarga boylar koʻp taraf boʻldi. — Ergash Juman-bulbul oʻgʻli.
- Men oʻlmasam, taraf bosmas izingni. — "Yusuf va Ahmad".
- Oʻz yonlaridan sarf qilish uchun aqchalari yoʻq, hukumat tarafi-dan beriladigan ovqatning salmogʻi yoʻq edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0