Izohli lug‘at
tarbiya
тарбия
Ma’nolari
- Taʼlim, axloq-odob va shu kabilarni oʻrgatib, singdirib, insonni voyaga yetka-zish, ulgʻaytirish, oʻstirish. Internat tar-biyasida oʻsgan bola. n
- Insonda ish-hunar, odob-axloqva shu kabilarni shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak boʻlgan xislatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yoʻl bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilarning oʻzi.
- Tarbiya bermoq Tarbiya xizmatini amalga oshirmoq, tarbiyalamoq.
- Maʼlum tartib, usul asosida qarab, ishlov berib oʻstirmoq; parvarishlamoq (oʻsimlik va hayvonlar haqida).
- Tarbiya qilmoq 1) tarbiyalab katta kil-mox, voyaga yetkazmok, oʻstirmok, ulgʻaytmok (q. tarbiya 1).
- Jismoniy tarbiya q. jismoniy.
Misollar
- Abdurahmon.. otasi oʻlib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. — A — Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Qiz oʻn olti yoshgacha bu oilada, muzika muallimi boʻlgan kambagʻal amakining tarbiyasida oʻsdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Siyosiy tarbiya. Gʻoyaviy tarbiya. Maktab tarbiyasi. Tarbiyasi buzuq odam. Tarbiyasi yaxshi bola, n
- Yosh av-lod tarbiyasida yuqori samaraga erishish uchun bir qator shart-sharoitlar barqaror boʻli-shilozim. — Gazetadan.
- Bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, tarbiya esa buyuk ish. — "Saodat".
- Bolaga oila ham, maktab ham tarbiya berishi, odob-axloq oʻr-gatishi shart. — Gazetadan. Tarbiya olmoq (yoki koʻrmoq, topmoq) Tarbiya orttirmoq, tarbiya-ga ega boʻlmoq.
- Xorst Shuster oʻn yoshgacha mak-tabda shunday tarbiya olgan: "Urush juda qiziq narsa boʻladi. Katta boʻlganingda, bir oʻzing yuzta dushmanni oʻldirasan.." A. — Qahhor — Asarlar.
- Zargarov uzun soʻzdan xulosa chiqa-rib: -Men yoshligimda shunday tarbiya koʻrsam, hozir yerda turib, oyda chorvachilik qilar edim, — dedi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar.
- Mundoq joyda tarbiya topgan kishi qandoq olim.. insofli va shafqatli boʻlsa kerak. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Gʻoʻza tarbiyasi ogʻir ish.
- Oʻn bir yosh,shk Temir, toʻqqiz yoshlik Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish ogʻirligi Nodiraning ustiga tushdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon; 2) ilm-hunar ber-mok, odob-axlok oʻrgatmox, tarbiyalab biror xislat-fazilatni singdirmok (Q- tarbiya 2).
- Shuncha tahsil va tarbiya berganla-ringiz uchun rahmat! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.; 3) parvarish kilmok (Xtarbiya 3).
- Hali nishona qilmagan mevani hisobga kirita-sanmi? Avval tarbiya qil, gullasin, undan keyin mevasiga savat toʻqisang arziydi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Buzoq^zigidanoʻzi tarbiya qshggan, unga oʻrgangan edi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
Kelib chiqishi
\a. "DD — rivojlantirish; parvarish qilish, oʻstirish; oʻrgatish; ilm berish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0