Izohli lug‘at
tariqat
тариқат
Ma’nolari
- Tutilgan yoʻl; maslak; sufiylik yoʻli. Tasavvuf ilmiga tegishli boʻlgan taʼlimot yoʻnalishi.
- Tariqat ahli Sufiylar.
Misollar
- U Buxoroda madrasada oʻqib yurganda, shariat va tariqat ilmini yaxshi oʻrgangan, qurʼonni yod bilar edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Hoʻqondan kelgan mehmonlar Jamoliddin Muhammad-karim soʻfini tariqatning peshvosi, avliyoi pir, deya koʻp taʼrifini gapirdilar. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Sening bu qiligʻing na farzga, na sunnatga, na insoniylik tariqatiga toʻgʻri kelgay. — S. Siyoyev — Avaz.
Kelib chiqishi
[ arab. - yoʻl; usul vosita; maslak, sufiylik yoʻli ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0