Izohli lug‘at
tarmashmoq
тармашмоқ
Ma’nolari
- ayn. tirmashmoq. Tarma-shib daraxtga chiqmoq. n
Misollar
- -Ana, opang keldi, — dedi Muhammadjon, etagiga tarmashgan bolalarning bir-bir boshini silab. — N. Safarov — Sulton boʻzchining nevaralari.
- Yuqori-dan maymunday tarmashib, lip etib pastga tushganini hech kim payqamabdi ham. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- ..vishkaning temiriga tarmashib, asta-sekin yuqoriga chiqa boshladim. — P. Qodirov — Erk.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0