Izohli lug‘at
tashabbus
ташаббус
Ma’nolari
- . Biror ishga boshlovchi, daʼvat etuvchi saʼy-harakat, gʻayrat.
- . Uddaburonlik bilan mustaqil ish olib borish xislati, biror ishda boshchilik, yetakchilik roli.
Misollar
- Ilgʻorlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus koʻrsatib ishlamoq.
- Odamlarda gʻayrat va tashabbus yashnab ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mayin junli zotli qoʻylar urchitish ishi oʻz tashabbusimiz bilan qilindi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Tashabbusni qoʻlga olmoq. Tashabbusni qoʻldan berib qoʻymoq.
- [Elmurod] Bu muvaffaqiyatni toʻla va butunlay qoʻlga kiritish uchun, bu ishda koʻproq tashabbus koʻrsatayotgan Gulsumga doimiy taʼsir qilib turish lozimligini hech bir unutmadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Koʻnglining bir chetida "Tashabbusni qoʻldan bermaslik kerak!.." degan eʼtiqodi chinqiradi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Kelib chiqishi
arab. – tirishqoqlik; barqarorlik, qatʼiylik; gʻayrat, tashabbus
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0