Izohli lug‘at
tashqari
ташқари
Ma’nolari
- Bino, uy, hovli va shu kabilarning atrofidagi joy; tash.
- ot, etn. Tashqi hovli (hovli-joyning erkak mehmonlar va umuman erkaklar uchun xos, koʻcha darvozaga yaqin tomondagi xoli qismi; qiyos. ichkari 2.
- sft. Tashqi tomondagi, tashqi, sirtqi.
- (ch.k. bilan) koʻm. vazifasida. Boshqa, boʻlak.
- Haddan tashqari Meʼyoridan ortiq, koʻp, ortiq darajada.
Misollar
- Tashqariga qa-rang, qorongʻi, hech narsani koʻrib boʻlmaydi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Darvoza ochildi, tashqaridan saman otini yetaklab, Hasanali kirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tashqarida sevalab oʻtgan mayin yomgʻir ham tindi. — N. Aminov — Suvarak.
- Boyning tashqarisi-da Yoʻlchidan boshqa hech kim yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Keng tashqari gʻarbga choʻzil-gan boʻlib, darvozadan kirgan kishiga u kaft-day koʻrinib turardi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t. o
- ..tashqari hovlidagi naqilli.. meh-monxonaning birida qat-qat koʻrpacha,garda.. Mirzakarimboy oʻtirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tashqari darvoza.
- Bun-dan tashqari. Undan tashqari. m
- Bu yil kosil miqdoridan tashqari, tola sifatiga ham alohida eʼtibor beriladi. — Gazetadan.
- Aʼzam koʻrinib turgan husni, barvastaligi-dan tashqari, oʻz ichki fazilatlarini ham ochib tashladi. — Shuhrat — Jannat qidirgan-lar.
- Uning gapidan Bashorat ishchilarning ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga ahd qilishganini angladi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Tong mahalida dushman ar-timeriyasi bizning pozitsiyalarimizni haddan tashqari qattiq toʻpga tutdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Haddan tashqari horganligiga qaramay, har bir jangchining ismi, fami-liyasini xotirlar edi. — N. Safarov — Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0