Izohli lug‘at
tatbiq
татбиқ
Ma’nolari
- Amalda ishlatish, qoʻllash.
- Tatbiq qilmoq (yoki etmoq) Ishlatmoq, qoʻllamoq, ishga solmoq.
Misollar
- Yadro energiyasining tinch maqsadlar uchun tatbiqi.
- Bu usulning tatbiqi mumkinligiga va gʻoyat foydaliligiga mutaxassislar iqror edilar. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Hozir aspiranturaga kirish uchun hech boʻlmaganda ikki yil ishlab, institutda olgan taʼlimni hayotga tatbiq qilish kerak. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Urf-odat masalasi – turmushga tatbiq etib boriladigan masala. — N. Safarov — Olovli izlar.
Kelib chiqishi
arab. – qoʻllash; ishlatish, ishga solish; amaliyot
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0