Izohli lug‘at
tavakkal
таваккал
Ma’nolari
- . Oqibat-natija qanday boʻlishidan qatʼi nazar, biror ishga jazm qilish, nima boʻlsa boʻlar, yo ostidan, yo ustidan zaylida qilingan harakat.
- . Oʻzini Alloh irodasiga topshirish, butun umidni unga bogʻlash, uning marhamatiga ishonish.
- . Tavakkalchilik bilan ish tutishni bildiruvchi, shunday hollarda qoʻllanuvchi soʻz.
- Tavakkal qilmoq Tavakkal tarzida ish qilmoq, biror ishga jazm etmoq.
Misollar
- Yoʻq, oʻrtoq Nizomov, biz tavakkal qilolmaymiz. Tavakkalning tubi tosh, boshingni ursang — yoriladi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Baʼzan joni halqumiga kelib, oʻzini nimalarga urmadi, necha marta qaltis tavakkallarga bordi, necha marta pachagʻi chiqib, yana tiklanib oldi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Koʻrgilikdan, tavakkaldan, taqdirdan voz kechib, xalq real narsalarga ahamiyat beradigan boʻldi. — Oybek — Nur qidirib.
- Biridan qochsang, boshqasiga tutilasan. Undan koʻra qochmaymiz! Tavakkal. Peshonaga bitgani boʻlur. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Unga tashlanib, qutichani olib qoʻysammikan? Kuchim yetarmikan?! Tavakkal! — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Inson kodami kamdan-kam tegadigan bu yovvoyi vodiyda tavakkal qilib yoʻl bosishdan boʻlak iloj qolmadi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Sobir biron marta hamsuhbat boʻlmagan.. Odil buvaga, tavakkal qilib, yurak dardini ochishga jazm qildi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
Kelib chiqishi
arab. – vakolat olish; umid bogʻlash; suyanish, ishonish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0