Izohli lug‘at
tavba
тавба
Ma’nolari
- [a. — aybiga iqror boʻlish
- <™ yaʼ*.
- gunohlari uchun kechirim soʻrab yolvorish] 1 Qilmishidan taʼzir yeb yoki pushaymon boʻ-lib, uni qaytarmaslik uchun qilingan azm-qaror, berilgan vaʼda yoki qilmishi uchun soʻralgan uzr.
- Taajjublanish, hayronlikni bildiradi.
- Biror gʻayritabiiy narsa, hodisa oldida istigʻfor aytish, xudodan kechirim soʻrash maʼnosida qoʻllanadi.
- Tasavvufda: solikning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunoxdaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror qilishi.
- Tavba qilmoq Tavbani bildiruvchi soʻz-larni, shuningdek, "tavba" soʻzining oʻzini aytmoq.
Misollar
- Mening tavbamni loaqal oʻz-laringiz uchun qabul qilingiz! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ammo xalq bunday yolvorishlar-ga, tavba, tazarrularga quloq solmadi, chunki ish oʻtgan, gʻisht qolipdan koʻchgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchilikni koʻrmas ekanmi, deb qoʻydim. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Uz uyida oʻtirgan qiz bir kechada yoʻq boʻlsin, tavba! OShek, — Tanlangan asarlar.
- Hadeb: "Oʻzing kechir", "tavba", "astagʻfirullo" deyaverasiz-a.. "Guldasta".
- Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab.. — "Guldasta".
- Xudoyo tavba, denglar, ikki dunyo-da eshitmaylik! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- E xudo, tavba qildim! Osiy ban-dangni oʻzing kechir! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qi-lish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Qarol, xizmatkor boʻlib ishlashga tavba qildim, kishi bir marta aldanadi-da. — Oybek — Tanlangan asarlar. Tavbasiga tayanmoq Qilmishidan nihoyatda pushaymon holatda, taʼzirini yegan holatda boʻlmoq, shunday holatga tushmoq.
- Balki oʻzi insofga kelgandir, tavbasiga tayangandir.. — M. Xayrullayev — Tilda marjoy.
- -Xoʻp, ketaman. Lekin bilib qoʻying.. pushaymon yeysiz, tavbangizga tayanib qolasiz, — dedi Anvar. 3. Fatxullin, Soʻnmas yulduz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0