Izohli lug‘at
tebratmoq
тебратмоқ
Ma’nolari
- Tebranma harakatga kel-tirmoq, bir tekisda u yoq-bu yoqqa chayqal-tirmoq; umuman qimirlatmoq.
- Joyidan qoʻzgʻatmoq, biror tomonga surmoq, siljitmoq, qimirlatmoq.
- Larzaga keltirmoq, solmoq.
- Biror ishni olib bormoq, yurgizmoq.
- Qalam tebratmoq Ijod qilmoq, yozmoq.
Misollar
- Boshni teb-ratmoq. Beshikni tebratmoq. n
- Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uzun sariq kapgirini bir maqomda tebratib chiqiltyotgan katta devor soat uzib-uzib dangʻillay boshladi. — P. Tursun — Oʻkituvchi.
- Uni hech tebratib boʻlmaydi, shunaqangi ogʻir karvon. n
- Amir Badriddin.. kuchli hashalar bilan dushmanni asta-asta tebratib, harakatdan mahrum qilishga tirishardi. — Oybek — Navoiy.
- Men gapimni tamom qilib, endigina blindajga tushib ketmoqchi edim, qandaydir snaryadlar-ning chinqirigʻi quloqqa xunuk eshitildi va birin-ketin gumburlab, oʻrmonni tebratib yuborgudek boʻldi. — A. Ubaydullayev — Qonli izdan.
- Oilani tebratmoq. shsh U [
- Mahmud Torobiy] ..sahardan mo shomgacha mehnat qilib, katta roʻzgʻorini tebratib turardi. — M. Osim — Mahmud Torobiy.
- Ikki oʻgʻil uyni gulday tebrata boshladi. — A. Rahmat — Ellik bir bahodir.
- Bundan keyin dehqonchilikni bilim-siz tebratish qiyin-da. — H. Nazir — Eng muhimi.
- Gapiga gap topib berolmay, suvga tushgan mushukday bir chekkada oʻtirishlik holing bor ekan, idora tebratish sendaqaga yoʻl boʻlsin. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya va qoʻshiqchilik sohasida ham dadil qalam tebratyapti. — X. Yodgorov — Hayot toʻl-qinlari.
- Yozuvchi qandaydir tanish manzara-ni, tanish shaxsni koʻz oldiga keltirib tu-rib, qalam tebratadi. — U. Normatov — Talant tarbiyasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0