Izohli lug‘at
tegirmon
тегирмон
Ma’nolari
- Gʻallani, donni yanchib un qilish uchun moslangan, maxsus qismlardan iborat, suv, shamol, elektr energiyasi va sh.k. kuchi bilan ishlaydigan qurilma.
- Shunday qurilma joylashgan bino, joy.
- Yorugʻlik.
- Bir tegirmon suv Bir tegirmonni yur-gizishga yetarli suv.
Misollar
- Suv tegirmon. Shamol tegirmon. Tegirmon toshi. Tegirmonga don olib bormoq. n
- Soy boʻyida behisob daraxtlar orasiga koʻmilgan tegirmon guvu.iar edi. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Irmoqlar anhorlarga qoʻshilib, tegirmon, objuvozlarni harakatga keltiradi. — J. Ab-dullaxonov — Oriyat.
- Menga qara, chopib tegirmonga borib kel! Ozgina bugʻdoyga un alishib kelasan. S. Siyoyev,
- Tegirmon Shoʻxsoyning boʻyida joy-lashgan edi. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Ilgari kanal toʻgʻrisi-da gap boʻlganda, Sidiqjon uni biron tegirmon suv eltadigan ariq deb oʻylagan edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Boshida tegirmon toshi yurgizmoq Juda qattiq qiy-namoq, azob bermoq, jabr-zulm oʻtkazmoq.
- ..etlarimni nishtar bilan tilsinlar.. bo-shimda tegirmon toshi yurgizsinlar! Men siz-dan ajralmayman! — Hamza — Boy ila xizmat-chi. Tegirmon boshi Tegirmon joylashgan joy.
- Haydar ota shu oʻy bilan tegirmon boshiga yetganini ham bilmay qoldi. — A. Qahhor — Asror bobo. Tegirmon navbati bilan Har qanday ishning oʻz muddati, bunda har kim-ning navbat bilan keladigan tartib oʻrni bor (boʻladi), degan maʼnoli ibora.
- Nega shoshasiz, tegirmon ham navbati bilan. Tegirmon toshi Tegirmonda donni ezib may-dalash, un qilish uchun ishlatiladigan, maxsus tayyorlangan tosh.
- ..bir oʻgʻil bilan yerga mixlanib oʻtiraverish, tegirmon toshidek, uni kun sayin ezib yuborardi. — D. Nuriy — Os-mon ustuni. Tegirmon qilmoq (yoki tortmoq) Donni tegirmonda un qilmoq.
- Otamning doʻsti Mahkamboy aka tegirmon qildirib qoʻygan chaksa zogʻora unni orqalab, orqamga qaytdim. — S. Abdulla — Yoshlik yillarim. Tegirmonga tushsa, butun chiqadi Har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishning yoʻli-ni topadigan, uddaburon maʼnoli ibora.
- Tinchlan, qizim.. u keladi. Keladigan vaqt boʻpqoldi. Otamurod — tegirmonga tushsa, butun chiqadigan yigit. — M. Mansurov — Yombi. Tegirmoniga suv quymoq Kimsaning biror ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qara-luvchi ishiga) koʻmaklashmoq, unga kuch ber-moq.
- Nahotki doʻst bilan dushmanni ajra-tolmaysiz. Nahotki muttahamlarning tegirmoniga suv quyganingizni sezmasangiz! — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0