Izohli lug‘at
telba
телба
Ma’nolari
- Aqldan ozgan, devona, jinni.
- Biror narsaga, kimsaga ortiq darajada berilgan; savdoyi, shaydoyi.
- Telbaga xos, telbalikni aks ettiruvchi; maʼnosiz.
- koʻchma poet. Jilovlanmagan, asov, "quturgan".
- Telba toʻnini teskari kiymoq ayn. toʻnini teskari kiymoq q. toʻn.
Misollar
- U bepiari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni oʻzining qirq yillik umr yoʻldoshigaoʻxshata olmadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Osiyajon qah-qah urib kulib yubordi, hamma, qiz telba boʻlgan, deb unga qaradi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Faqir ham shu fikrning telba bandasidir. — Oybek — Navoiy.
- Telba koʻzlari bilan Bektemirga boqdi-da, ukasining qonli miltigʻini changalladi va shamolday uchib, Bektemirdan ham oʻzib ketdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Siz mening telba soʻzlarimdan achchigʻlanmang. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Telba dare. Telba toʻlqinlar. m
- Joʻsh urib, qirgʻogʻini Xoʻplar edi telba soy. — Gʻayratiy.
- Telba shamol quturib hamla qsht-di. Avaylab oʻstirilayotgan nihollarni ildizi bilan qoʻporib ketdi. — A. Nabixoʻjayev — Mandat.
- Xorazmda Amuni koʻpdan Telba daryo deb atashadi. — E. Rahim.
- Baʼzan telba toʻnini teskari kiyib.. muomalalari dagʻamashib qoladi. — Gʻayratiy — Dovdirash.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0