Izohli lug‘at
telefon
телефон
Ma’nolari
- Uzokdan turib soʻzlashishga, ovoz, nutqni masofaga uzatishga xizmat qiladi-gan elektr aloqa qurilmasi va uning signal qoʻngʻirogʻi hamda gaplashish trubkasi boʻlgan apparati.
- Telefon aloqaning qisqa nomi.
- Telefon qilmoq (yoki qoqmoq) Telefonda, telefon orqali gaplashmoq. [
Misollar
- Telefonda (telefon orqa-li) gaplashmoq. Telefon bilan xabar qil-moq. Telefon stansiyasi. m
- Telefon ji-ringladi. Sulaymonov trubkani oldi. — A. Qahhor — Ikki yorti — bir butun.
- Kitob mutolaa qilib oʻtirgan Normurod bir sapchib tushdi-yu, qoʻrqa-pisa telefonga qoʻl choʻzdi. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Baʼzi gazeta xodimlari materiallarni telefon orqali oladilar. — "Mushtum".
- Xumorxon: \ Ha, aytganday, kimdir telefon qilib, sizni soʻragan edi. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Mu-rodova Krsimovga, Qosimov esa boshqarmaga telefon qoqa boshladilar. — I. Rahim — Ixlos.
Kelib chiqishi
tele.. + yun. phone — tovush, ovoz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0