Izohli lug‘at
telpak
телпак
Ma’nolari
- Tepasi yumaloq, doira shakl-li, tekis moʻyna jiyakli issiq bosh kiyi-mi.
- Qunduzsiz telpak Moʻyna jiyagi boʻlma-gan, faqat ichiga moʻyna qoplangan bosh kiyimi.
- Moʻynali har qanday issiq bosh kiyimi (quloqchin, papax, tumoq va sh.k.). Men Rahimovni oddiy kishilar, soldatlar orasida uchratdim, uning ustida poʻstini va boshida qorakoʻl telpagi bor edi. A. Rahmat, Generalning shuhrati.
Misollar
- Savsar telpak. n
- Kimki, oyogʻi tolib, sal orqada qolsa, tulki telpak kiygan badqovoq qoʻrboshi beshotar qoʻndogʻi bilan uning ku-ragiga turtib, peshtaham soʻzlar bilan soʻka-di. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Koʻsa, ozgʻin, keng guppi toʻn va qun-duzsiz telpak kiygan bir kishi kirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻrta boʻyli, ozgʻin, qora charm telpakni boshiga bostirib kiygan kishini uchratsam, Gavharning dadasimikan, deb yuragim oʻynab ketadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Usubalining serbar telpak ostidagi kasha-si barra poʻstin ichiga kirib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0