Izohli lug‘at
tepa
тепа
Ma’nolari
- Yer sathidan baland, doʻng joy; tepalik, balandlik.
- Umuman, biror joy, makonga nisbatan yuqoridagi joy, yer.
- Biror narsaning yuqori qismi, usti.
- Koʻp mikdorda uyilgan narsalardan hosil boʻlgan balandlik, doʻnglik.
- Kishi ustidagi boʻshliq, osmon, falak; yuqori.
- Nisbatan yuqori qismda boʻlgan, joy-lashgan; ustki.
- arxeol. Paxsadan ishlangan qadimiy inshootlarning xarobalari va ularni toʻl-dirgan madaniy qatlamlardan hosil boʻlgan doʻnglik.
- 3-sh. egalik va j.k., oʻ.-p.k., ch.k. af-fikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻl-lanadi va makon munosabatini ifodalay-di.
- Ikki qoʻli bir tepa Boshni changallab, quruqdan-quruq, hech narsasiz. [Mastura:]
Misollar
- Hademay oʻng tomondagi tepalar, undan naridagi tik qoyalar ustida oftob porlaydi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Suyun ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. — N. Fozilov — Diydor.
- Shu tepalar nishabida kamarlar bor. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Tepadan qaragan kishiga bu ariqcha ilon izidek egilib, bukilib, oʻzining oʻqida aylanayotganga oʻxshab koʻrinar edi. — I. Ra\im — Chin muhabbat.
- Nigera u yoq-bu yoqqa qaradi: yuqorida Qashqatov, pastda qalin archazor, oʻng va soʻlda tepa.. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Arizaning tepasiga imzo qoʻymoq. Daraxtning tepasida bir qush oʻtiribdi. Qabr tepasini maisa qoplagan. n
- Tashakkur, ustod! Agar eng baland minora tepasiga gʻisht qoʻysin, desangizham biz rozi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Toʻng mena. Kul tepa. Qum mena. n
- Bu tuproq tepa uch kishining qabri boʻlib chiqdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Uch-toʻrt yuz inson boshidan turgʻizil-gan bir tepa! A.. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Samolyot tik tepaga koʻtarildi. Ku-yosh qoq tepaga keldi. m
- Tepadan oftob urib turibdi. — S. Ahmad — Tomosha. U
- oʻz ovozidan uygʻonib ketib, koʻzini ochganida, tepada oy suzar, hamma yoq jimjit.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Uroz tepadagi qoziqdan doʻm-birasini oldi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Tolning] Tepa shoxiga quruvchilar projektor oʻrnatishgan ekan, hozir atrofii sut-day yoritib, koʻzni qamashtiradi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Ustki qatordagi soʻyloq tish-laridan ikkitasi tepa labini yorib chiq-qanini.. koʻrgan kishioʻqchibyuborardi. — M. Ismoiliy — Fargona t. o.
- Adolat uxlayotgan juvonning tepasiga bordi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Botirali Oyshabonuni bir qoʻli bilan chetga surdi-da, boyning tepasiga engashib, koʻrpani ochdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oʻtgan kuni shu ikki yigit-ni qozon tepasida et olayotganlarida koʻrgan edilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Keyin, piyolani butilkaga urib, tepasida parvona boʻlib turgan xotiniga oʻshqira ketdi.. — "Mushtum".
- Tepamdan vagʻillab samolyot uchib oʻtdi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Doimo huzur-halovati shularcha-yu, ikki qoʻli bir tepada men qolaman. — Hamza — Paranji sirlari.
- Bolalarimni yetakladim-da, ikki qoʻlim bir tepa, boyning dargohidan ketdim.. — H. Gʻ1uʼmon va A. Shorahmedov, Ota. Tepa sochi tikka boʻlmoq Gʻoyat achchiqlanmoq, gʻazabga kelmoq.
- -A ?! — Rahimning tepa sochi tikka boʻlib, koʻzlari qinidan chiqayozdi. -Bekor! Hammasi bekor. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar. Tepasiga chiqmoq (yoki minmoq) Oʻz hukmini oʻtkazmoq, boshiga chiqib olib, mensimay qoʻymoq. Shuncha oʻqibdi —
- bas, bundan ortiq oʻqisa, tepangga chiqib ketadi. — A. Qahhor — Asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0