Izohli lug‘at
teran
теран
Ma’nolari
- Biror joydan, , yerning sathidan ancha pastga — chuqurlikka oʻtib kirgan yoki ancha pastdan — chuqurlikdan boshlanadigan; chuqur, choʻnqir.
- Mazmun-mohiyat jihatidan keng qamrovli, chuqur, kuchli.
Misollar
- Yerning teran qatlamlari. Teran daryo. Teran quduq. Teran bulok.
- Uning [M.Qosimovning] qiyofasi va yurish-turishiga sahro sokinligi, teran qatlamlardan nam yuqi topib asta soʻradigan chayir saksovul tomirlarining toʻzimliligi asar qilganga oʻxshardi. — A. Muxtor — Davr mening taqdirimda.
- Teran fikr. Romanning teran mazmuni.
- Onalar, faqat masʼud onalargina goʻdak yigʻisidagi teran maʼnolarni anglay olishi mumkin. — E. Oxunova — Hayot gullari.
- Ikki koʻzim sening yoʻlingda, Oʻzim teran xayolga botdim. — Gʻ. Shodi.
- Qalbimni allaqanday tiniq, teran bir mung chulgʻab oldi. — O. Yoqubov — Yalayman.
- Xalq hayotini gʻoyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta isteʼdod talab etadi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0