Izohli lug‘at
termoq
термоқ
Ma’nolari
- Sochilib yoki toʻkilib yotgan narsalarni qoʻl bilan birma-bir olib toʻp-lamoq, yigʻmoq.
- Don, meva, gul va sh.k. oʻsimlik ho-silini birma-bir olib toʻplamoq, yigʻmoq.
- Maʼlum tartibda ustma-ust, yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, oʻrnashtirmoq, taxlamoq.
- Gʻisht termoq 1) gʻishtlarni maʼlum tartibda taxlamoq.
- Narsalarni teshib yoki teshigidan ip, sim va sh.k. oʻtkazib, qator, yonma-yon joy-lashtirmoq, tizmoq.
- JZ-tl 76
- Narsalarni joyidan, orasidan bir-ma-bir yulib, ajratib olib tashlamoq.
- plgrf. Bosish, nashr etish uchun tipografik belgi va harflarni tegishli tar-tibda joylashtirib, biror matn hosil qil-moq.
- Ayrim belgi yoki raqamlarni yonma-yon, birin-ketin olib, keltirib, biror butun-lik hosil qilmoq.
- Saralamoq, tanlamoq.
- Ketmon, tesha, bolta kabi asboblar yuzini bolgʻalab tekislamoq, yoymoq yoki oʻt-kirlamoq.
- Bez termoq q. bez. I. Rizqini termoq Nasibasini topib yeb, kun kechirmoq, amal-taqal kun koʻrmoq.
Misollar
- Soylikdan mayda moui ter-moq. Oʻtin termoq. v
- Ertalab Begoyim: "Gʻulomjonlarning qantak oʻrigi toʻlib yotib-di, terib kelgin", deb tayinlovdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Men yoshlikdan otam-ga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gul termoq. Yongʻoq termoq. Moui termoq. Olcha termoq. yat Paxta tersang, toza ter, Chanogʻida qolmasin. — "Qoʻshikdar".
- Bahor keldi elimizga — Koʻm-koʻk boʻldi bogʻ, dala. Sevinch toʻlib dilimizga, Terib keldik gul-lola. — I. Muslim.
- Toqqa chiqib terganing Pista bilan bodommi? — "Qoʻshiqlar".
- Kitoblarni tokchaga termoq. Omborga qovun terib qoʻymoq. Savatga non termoq. Yashiklarga olma termoq. m
- Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Raʼno boʻlsa, ayvonda kichkina ukalari orasida oʻtirar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Sidiqjonning diqqati oʻng tomondagi toʻqaynning ochiq yeriga terib qoʻyilgan son-sanoqsiz gʻishtga jalb boʻldi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 2) gʻisht-larni loy yoki sement qorishmasi bilan oʻzaro biriktirib, devor va sh.k. qurmoq.
- Binoning gʻishtini termoq — ; 3) yotqizmoq.
- Hovli sahniga gʻisht termoq.
- Ipga munchoq termoq. yash Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni te-rishga oʻtirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Eshonxon chaqqonlik bilan sixlarga kabob terardi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Oʻziyam uncha-muncha marjonlardan emas, un ikki shoda-ya! Muncha-ni terguncha, yuraging qon boʻlib ketadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- U [Mulla Shamsiddin] eshik oldidagi supada, oldida bir gʻalvir mayiz, choʻpini terib oʻtir-gan edi. — A. Qahhor — Bashorat.
- Sigirning qu-logʻiga yana kana tushibdi! Kanadan ham koʻra sigir uning [Baqoyevning/ achchigʻini keltirar edi: kanani teray desa, qoʻymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- Elonni yirik harflar bilan termoq.
- Laʼlixon gaplashish uchun telefon oldiga bordi, trubkani qoʻliga olib, kerakli nomerlarni tera boshladi. — Oydin — Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit.
- Futbol koman-dasiga kuchli oʻyinchilar terib olindi. yash Polklardan ajratib, terib olingan hu-jumkor otryadlar artilleriya otishmalari-dan soʻng dushman ustiga tashlandi. — Nazar-mat — Joʻrlar band sayraydi.
- Ketmon yuzini termoq. Tesha ti-gʻini termoq.
- Shuning uchun "odamlar-ning hojatini chiqarib yura turay, tuzuk ish oʻzi chiqib qoladi", degan oʻyda sochilgan rizqini terib yura berdi. — A. Qahhor — Asarlar. Toshingni ter q. tosh.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0