Izohli lug‘at
tetapoya
тетапоя
Ma’nolari
- Zoʻrgʻa, u yoq-bu yoqqa tash-lanib boʻladigan (asosan bolaning qadami haqida).
- Ana shunday qadamlar bilan yuradigan.
- Oʻz hayoti, faoliyatida endi ish boshlagan, endi mustaqil hayot kechira bosh-lagan, hali mustahkam oyoqqa turib olmagan (oila, tashkilot, jamoa va shu kabilar haqida).
Misollar
- Bola ona atrofida, tol tagida Yura boshlar, qadamlari tetapoya. — H. Poʻlat.
- Tetapoya bolani soʻqmoq yoʻldan katta yoʻlga chiqarib yuborgan muallimning inson hayotida ozmuncha hissasi bormi! — A. Maʼzumov — Mu-rabbiy.
- Oyogʻi ostida oʻralashib yurgan tetapoya qizchasini yiqitiboʻtib ketdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Rumiya bemorlik toʻ-shagida uzoq yotdi. Tetapoya boʻlib yura bosh-laganidan keyin ham ogʻir iztirob chekadigan bir turda boʻlib qoldi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Kollektivimizning tetapoya vaqti oʻtib ketgan, endi uni buzolmaysiz, oʻrtoq Rahmon-qulov! — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Kolxoz endi tetapoya boʻlayotgan kunlarda dushman xuruj qildi, jamoat mulkiga oʻt qoʻydilar, urugʻ-lik gʻallani oʻgʻirladilar, turli-tuman mish-mishlar tarqatdshshr. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- Paxta nima, dehqonchilik nima — endi tetapoya boʻlib oʻrganib kelyapsizlar. — H. Nazir — Choʻl havosi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0