Izohli lug‘at
tetik
тетик
Ma’nolari
- Jismoniy, ruhiy jihatdan zaiflashmagan; bardam.
- Harakat-holati, darajasi va sh.k. ji-hatdan bardam, tiyrak.
- Hayiqishni bilmaydigan, da-dil gapiradigan, oʻz fikrini baralla ayta oladigan.
Misollar
- Onam yetmishdan oshib qolgan boʻlsalar ham, hali ancha tetiklar.. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
- Ibrohim ota bardammi, Oysha xola tetikmi, ukang Sher-niyoz sogʻmi?J. — Sharipov — Xorazm.
- Ogʻaynilar tushkunlikka tushmadilar. Kuvnoq va tetik kayfiyatda xayrlashdilar. — F. Musajonov — Himmat.
- Temirjon odamlar qatori koʻpaygan trotuarda ildam va tetik qadam otib borardi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Aziza oʻzini bir oz oldirgan, ammo hamon oʻshanday chiroyli, koʻzlari kirtayib qolgan boʻlsa ham, tetik boqar edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Soylik tomondan ke-layotgan tetik va yangroq ovoz Elmurodning oʻyini buzdi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Qandolat opaga ne balo boʻldi, deyman, hayron boʻlaman. Gapga chaqqon, tetik xotin edi-ku! — Oydin — Sadagʻang boʻlay, komandir.
- Pochchayev, qurilishga biron fikri tetikroq bola kelib qolsa, darrov iziga tushadi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0