Izohli lug‘at
tez
тез
Ma’nolari
- \f. — oʻtkir, keskir; oʻyuvchi, ach-
- chiq; sanchiluvchan; ziyrak, sezgir; ildam, jadal; chaqqon] 1 Oradan koʻp vaqt oʻtmas-dan, oz (qisqa) vaqt ichida; darrov, tezda.
- Tez kunda (yoki kun ichida), tez orada, tez fursatda (yoki fursat ichida) Oradan koʻp vaqg oʻtmasdan, ozgina vaqt oʻtgandan keyin, qisqa fursatda, oz mudsatda.
- Darhol, shu topda, shu on, zudlik bilan.
- Tez aytish Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh, oʻxshash soʻzlarning jumlalarini adashmay, tez talaffuz qilishdan iborat bir turi. Tez boʻl Vaqt oʻtmasdan, darrov harakat qil, imillama.
- Meʼyordagiga nisbatan oldinroq, il-gariroq.
- Katta surʼat bilan, shaxdam, jadal.
- sft. Darrov achchigʻlanib, qizishib ke-tadigan, serjahl, jizzaki.
- Jahli (yoki achchigʻi, feʼli) tez Darrov achchigʻlanib, qizishib ketadigan, serjahl, jizzaki.
- Juda tez ishlaydigan, tezkor.
- Zehni tez Zehni, aqli oʻtkir, tez fahm-lab oladigan, farosatli. Tez yordam Ogʻir bemorlarga shoshilinch yordam koʻrsatish xizmati.
Misollar
- Majlis tez tugadi. Bola oʻqish-yozishni tez oʻrgandi. Voqealar tez rivojlanmoqda. Shosh-masang, tez yetarsan, shoshgandan oʻzib ke-tarsan. — Maqol. m
- Bordi-yu, koʻklam seryom-gʻir kelgudek boʻlsa, yer tez yetilmaydi, ekin kechikib ketadi. — N. Safarov — Xadicha Ahro-rova.
- Havo ayniyapti, ukajon. Bunaqa havoda choʻqqiga chiqish xavfli, Togʻda qorongʻi tez tushadi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Azalda taqdi-rimiz qora bitilgan ekanmi, tez kunda boshimizga ogʻir kunlar tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Soraxon tez fursat ichida uning koʻnglidan Munisxon ishqini yuvib chi-qardi. — A. Qahhor. Sarob.
- Naq peshin vaqtida Yormat choy-non olib keldi, ularni yerga qoʻymasdan, Yoʻlchini ko-uudu: -Tez chiqing-ye.. kunning issigʻini se-zasizmi?! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kudrat tez javob aytolmadi. Singlisini, shu bilan birga oʻzini ham yupatish uchun bahona axtar-di. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Boy tez fahmladi-da: -Shundaymi, jiyan, — deb kuldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yuring, tez boʻling. Hamro opam betob boʻlib qoldi. — Tuygʻun — Zulfizar.
- Bola otasining soʻzlaridagi maʼno-ni durust tushunmagani uchun bunchalik tez va oson "xoʻp" dedi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sidiqjonning onasi Xadicha xola umrini xorlik-zorlik tortib oʻtkazgan hamma kishilarday tez qarigan.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Tez ishlamok,, Tez yurmoq. Tez oʻqimoq. m
- Soy un-cha katta boʻlmasa ham, nihoyatda tez oqar, "qulq-qulq" etgan tovushlar suv ostida katta-katta toshlar yumalayotganini bil-dirib turar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Yillar shu qadar tez oʻtardiki, ha-huv de-guncha u oltmishdan oshib, paygʻambar yoshiga yaqinyushmoqda.. — Mirmuhsin — Meʼmor. U,Dil-barga yetib olish uchunmi yoki qattiq haya-jonga tushganidanmi —
- tez qadam tashlay boshladi. — "Guldasta".
- Juda tezsiz-da, Ahmadjon, berdisini eshitmay boʻgʻasiz-a! — S. Karomatov — Hijron.
- E.. men bu ishga ara-lashmas edim, bu yigitning oʻzi tezroq. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Shommi kalning jahli juda tez boʻlib, yuragida kek saqlovchi kishi edi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Doshaning achchiqlari tez, asabiy mijoz ekanliklarini aytib oʻtgan edim. — M. Muhammadjonov — Turmush urinish-lari.
- Xotining, bunaqa feʼli tez ekan, [bo-lani] olib ketmagani ham durust. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Tili tez Tezda qi-zishib, bidillab ketadigan, gap bermaydi-gan.
- Oh, oʻgʻlim, yoshsan, tiling tez, oʻng-tersi-ga qaramay gapiraverasan. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Juda tez usta.
- Tez yordam mashinasi. Tez yordam cha-qirmoq. n
- Hamma shahar va tumanlarda tez yordam stansiyalari ishlab turibdi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0