Izohli lug‘at
tikilmoqn
тикилмоқн
Ma’nolari
- Koʻz uzmasdan qaramoq, uzoq qaramoq; diqqat-eʼtibor bilan, razm solib boqmoq. Kirib ketdi sinfga erkam, Turib qoldim tikilib koʻp vaqt.. Yo. Mirzo. Hirotdan kelgan goʻzal qizga hamma mahliyo boʻlib tikilardi. Mirmuhsin, Meʼmor. Abdugʻafur ota hamsuhbatini birinchi marta koʻrayotgandek, unga qattiq tikildi. "Sharq yulduzi".
- Qasd qilmoq, qasdiga tushmoq. [Sherali] Tikilgan dushmandan oladi oʻchni. "Erali va Sherali". Sening boshingga tikilgan bu balolarni oʻzining shirin jonidan kechib daf qilgan Otabek seni sira ham unutmas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Ogʻziga tikilmoq Gap kutmoq (suhbat-doshidan, qarshisidagi kimsadan). Biz bir zumda jimib, Hasan akaning ogʻzilariga tikildik. E. Raimov, Ajab qishloq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0