ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

tilak

тилак

Ma’nolari

  1. Biror istak, niyat bilan, ni-manidir tilab aytilgan ran, duo va sh.k. Tila tilagingni. n Mening birinchi xolis ti-lagim, albatta, mazlum xalq tilidan boʻla-dir: bundan soʻng Toshkent hokimligiga har qanday boʻlmagʻur odam qoʻyilmasin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  2. Biror narsani amalga oshirish, unga erishish uchun boʻlgan ichki intilish, his-siyot; istak, niyat. Bir haftadan keyin togam haqida biror maʼlumot olish tilagida Murodjon ishlab turgan korxonaga qarab joʻnadim. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor. Usta uzun va qalin moʻylovini qimirlatib, Oyqizni yupatish tilagida gapirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Rayimjon oʻn olti yashar yigitchalik vaqtidayoq unda traktorni boshqarish tilagi tugʻildi. H. Nuʼmon, Oʻz kasbining egasi.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish