ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

tilka-pora

тилка-пора

Ma’nolari

  1. Parcha-parcha, mayda-mayda qilingan; tilka-tilka. Kiyimlari tilka-pora.
  2. Tilka-pora boʻlmoq Parcha-parcha, mayda-mayda boʻlmoq, tilkalanmoq. -Endiuyga qan-day kiraman? — dedi Mansur tilka-pora boʻlgan kiyim-boshiga qarab. Yo. Shukurov, Uch savol. Jahannamga aylangan jang tingandan soʻng tilka-pora boʻlgan yer ham.. goʻyo horgʻin nafas olardi. Oybek, Quyosh qoraymas. Tilka-pora qilmoq 1) parcha-parcha, mayda-may-da qilmoq, tilka-tilkasini chiqarmoq. Shu yerning oʻzida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi. Mirmuhsin, Meʼmor. Yigit-k,izlar yashnab bo-rayotgan choʻlni, yangi qurilayotgan imorat-larni, tepalikni tilka-pora qilayotgan ekskavatorni tomosha qshshshardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi. Tilka-porasi chiqmoq ayn. tilka-pora boʻlmoq. Koʻprikning tilka-porasi chiqib ketdi. S. Ahmad, Oydin kechalar. Ha, yer quchib yotar endi, chiqib tilka-porasi. O. Hakimov.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish