Izohli lug‘at
tilxat
тилхат
Ma’nolari
- Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Misollar
- Dehqon bir parcha yerini, uy-joyini garovga qoʻyib, kech kuzda yuz soʻmni yuz yigirma soʻm qilib qaytarishga tilxat berar, tilxatga qozi muhr bosib, boyga uzatardi. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
- Yoʻqotib qoʻymanglar, zavoddan tilxat bilan olib keldim. — I. Rahim — Chin muhabbat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0