Izohli lug‘at
tiqmoq
тиқмоқ
Ma’nolari
- Bir narsani boshqasiga sanchib, suqib kiritmoq.
- Teshik, ochiq, boʻsh joyga kiritmoq, yubormoq.
- Ichiga, orasiga olmoq (solmoq); joy-lamoq.
- koʻchma s. t. Biror oʻqish, ish yoki lavo-zimga zoʻrma-zoʻraki joylab, oʻrnashtirib qoʻymoq, tiqishtirmoq.
- Birovni biror ish, gap yoki davraga qoʻshmoq, aralashtirmoq, tortmoq.
- Bosh tiqmoq Xonadon, muassasa kabi joyga koʻrish, bilish va sh.k. maqsadda kir-moq, qadam bosmoq.
- Bizning shartimiz shuki, suv chiqarilib, qa-qir yerlarga jon kiritilganda, yersiz va kam yerli kambagʻallar ikki barmogʻini burniga tiqibqolmasin!M. Ismoiliy, Fargʻonat. o. Ikki oyogʻini bir etikka tiqmoq Aytganini bajarishni talab qilmoq, shu talabda oʻjar-lik bilan turib olmoq. -Yo bino top, yo bizning javobimizni ber, —
Misollar
- Bigiz tiqmoq. Xanjar tiqmoq. n
- ..yerda ham xosiyat koʻp.. Yerga choʻpni tiqib quysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hammaning koʻz oldida koʻksi-ga pichoq tiqib, chuqurga taishangan aka-ukalar turardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Eshak: -Bu qirq yilni nima qilib oʻtkazaman? — degan ekan, xudo: Odamlar ustingga yuk ortadi, oʻzi ham minadi, xalachoʻp tiqadi, — debdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Burniga barmogʻini tiqmoq. m
- Boyvachcha kavakchadan choʻp tiqib, zanjirni tushirdi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kur-bon ota samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Nimchasi choʻntagiga qoʻl tiqib, roʻmolchasini oldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Uuy oldiga kelib toʻxtadi. Derazadan boshini tiqdi. — M. Muhamedov — Qahramon izidan.
- Qopga somon tiqmoq. n
- Oling, mol-larni sandigʻingizga, pulni choʻntagingizga tiqing.. — "Mushtum".
- Mirhomidxoʻja shoshib, Qambarali akaning qoʻlidan pulni oldi-da, uning qoʻyniga tiqdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Komissiya tarkibiga yana seni tiqibdilar-da. yash [
- Suxsurov:] Meni butun urush davrida oʻqituvchshshkka tiqib qoʻyishdi. — A. Kdhhor — Tobutdan tovush.
- Otabek sachrab, Kumushga yuz oʻgirdi: -Bu oʻrtaga Zay-nabni keltirib nimaga tiqasiz endi?A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kampir enam qiz qidi-ra-qidira, tinkasi quridi. Qaysi eshikka bosh tiqsa, soʻrasharmish: -Savdogarmi, bogʻi bormi, uy-joyi bormi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..mehmon ikki kun ichida shahar ras-ta-bozorlarini aylandi, saroylarga bosh tiqdi. A. — Hakimov — Ilon izidan.
- Qizlar u koʻchaga bosh tiqib, bu koʻchaga bosh tiqib, adashib ancha yurishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Burnini (yoki tumshugʻini) tiqmoq Biror ish, gap-soʻz va shu kabilarga aralashmoq, suqilmoq.
- Nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi? Xizmatkor kerak boʻlsa, eri topsin. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sen mening ishimga tumshugʻingni tiqma\ H. Ahmar, Kim haq? U,
- ellikboshi boʻlgani uchun, ma-rakalarga burnini tiqadi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Goʻrga tiqmoq Oʻldirmoq.
- Biz.. fashistlarni goʻrga tiqamiz. — Oydin — Hi-koyalar. Ikki barmogʻini (yoki qoʻlini) bur-niga tiqib qolmoq q. barmoq 1, burun I.
- deb ikki oyoqlarini bir etikka tiqib turib olishdi. — Y. Sham-sharov — Qahramonlik yoʻli. Ikki qoʻlni (yoki besh panjani) ogʻziga tiqmoq aim. besh qoʻlni ogʻziga urmoq q. besh. Terisiga somon tiqmoq q. teri.
- Yaxshiyamki, boyagi gaplaringizni oʻgʻlim eshitmadi, yoʻqsa, teringizga somon tiqqan boʻlaredi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0