Izohli lug‘at
tiramoq
тирамоқ
Ma’nolari
- Oʻzini yoki biror narsani tutib turish uchun (tirgak, tayanch sifati-da) qoʻymoq.
- Biror tomonga tutashtirmoq, qadamoq.
- Oyoq tiramoq Biror ish, maslahat, muo-malaga koʻnmaslik, oʻz aytganidan qaytmas-lik.
Misollar
- Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qoʻydilar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sobir burchakka tirab qoʻyilgan dutorni olib, ikki oʻrtoq oʻrtasidagi bahsni toʻxtatishga urindi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Qora Ahmad bir qoʻlini yerga tirab, ohista koʻtarildi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Pichoq tiramoq. n
- ..hovlining kunbotar tomonida xarobalikdan ozgina berida boʻlgan boyagi yoʻlakka tirab solingan ikki darichali bir uy.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ular [Nizomjon bilan Dildor] boshlarini bosh-lariga tirab, surat oldirib ham kelishdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Shuni yangisiga almashtirib berilmasa, mashinami qabul qilmasligini aytib, oyogʻini tirab turibdi. — H. Nazir — Koʻkterak shabada-si.
- Siz ham endi oyogʻingizni tirab turib olmang, biron muomalaga keling. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Yuziga oyoq tiramoq Hurmatiga zid ish qilmoq. Qizim, Ruhillo yuziga oyoq ti-ragani uchun, shunday tashvishlarga uchrayapti.. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
- Oʻz pirini beobroʻ qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0