Izohli lug‘at
tirikchilik
тирикчилик
Ma’nolari
- Hayot kechirish, kun koʻrish, yashash.
- Kundalik roʻzgʻor va u bilan bogʻliq ish-yumush, tashvishlar.
- Tirikchilik qilmoq Hayot oʻtkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq.
Misollar
- Tirikchilik uchun kecha-kunduz tinmasdan mehnat qilgan va yuragida shuncha gʻamni koʻtargan bu beli bukik, yelkasi chiqiq cholni.. soʻz bilan yupatishning.. maʼnosizligi-ni sezdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tirikchilik yanada ogʻirlashdi. Boylar ham qarz bermay qoʻydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oda.shar tirikchilikdan qiynalib, ishga och-nahor qatnayotgan oʻsha mashaqqatli kunlarda Poshsha xola boshqalardan toʻq va but yashadi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- -Orzularim bor, jurnalist boʻlishni istayman, — dedi \Ahmad Husayn], — lekin dardisar tirikchilik toʻs-qin. — Oybek — Nur qidirib. Har kimning oʻz tirikchiligi bor. Mana, hut kirdi, dehqon-ning oyogʻiga qurt kirdi. P. Tursun, Oʻqituv-chi.
- Endi uy-uyingizga tarqalingiz, tirikchilikdan qolmangiz, oʻrtoqlar! — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qishloqda tirikchilik qilish juda qiyin. Ochlik, yalangʻochlikka chi-dab, tirikchiligimizni qilar edik. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kichkina doʻkonchamdan kelgan daromad bilan tirikchilik qilib boʻlmas-di. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0