Izohli lug‘at
tirkamoq
тиркамоқ
Ma’nolari
- Biror qurol, moslama va shu kabilarni yurgizuvchi mashina, ulovga biriktirmoq, ulamoq.
- Birga qoʻshib qoʻymoq, qatoriga qoʻsh-moq, kiritmoq.
- Biriktirib, bogʻlab qoʻymoq (yordamchi, oʻrganuvchi shogird sifatida).
- Tiramoq, suyamoq.
Misollar
- Vagonlarni parovozga tir-kamoq. Seyalkani traktorga tirkamoq. v
- Krdirni dafn qilib qaytganlarida, sharq tomondan pachagʻi chiqqan "Volga"ni yuk ma-shinaga tirkab kelishayotganini koʻrishdi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Mirza Muhiddin Ibrohi-movning ishiga yangi hujjatlar tirkadi. — A. Qahhor — Sarob
- Abdurasul Aleksey bilan maslahatlashib, uning [Turdiboyning] arizasini quloqlar va dargumon odamlardan tushgan arizalar delosiga tirkab qoʻydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi
- Boʻtaboy.. Sodiq tarangni quloqlar roʻyxatiga tirkab yubordi. — S. Ahmad — Hukm
- Yaxshi oʻzlashtirmayotgan oʻquvchini aʼlochilardan biriga tirkab qoʻydi.
- Shaftoliga ayri tirkamoq. shv Zikriyo bilan Azizboy uning [eshonning]
- qoʻltigʻidan olib, soʻriga oʻtqazadilar, yonboshiga paryostiqlarni tirkab qoʻyadshshr. — N. Safarov — Sharq tongi
- Ular narvonchani tokchalarga tirkab qoʻydilar. — A. Muxtor — Chinor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0