Izohli lug‘at
tirnoq
тирноқ
Ma’nolari
- Barmoqlar uchining orqa tomonidagi etga yopishgan, barmoqlarni himoya qiluvchi, shoxsimon moddadan iborat tuzilma, qoplama.
- Baʼzi hayvon va qushlarning panjasi yoki changalidagi uchi qayrilgan, oʻtkir, shox moddali oʻsimta.
- Ot tuyogʻi.
- Farzand, bola.
- Baland simyogʻochlarga, machtalarga koʻtarilish uchun oyoq kiyimiga mahkam bogʻlab olinadigan tishli oʻroqsimon temir asbob.
- qoʻshtirnoq.
- Tirnogʻini oʻstirmaslik Birovning biri ikki boʻlishiga, oʻnglanishiga, boyishiga yoʻl qoʻymaslik. -
- Tirnoqdan (yoki tirnoq orasidan, ostidan, tagidan) kir izlamoq (yoki axtarmoq, qidirmoq) Arzimagan yoki yoʻq narsadan kamchilik topib, birovni nohaq ayblashga, unga tuhmat qilishga urinmoq.
- Tish-tirnog'igacha yoki tish-tirnogʻi bilan Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsa, harakat-holatni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Misollar
- Tirnoq oʻstirmoq. Tirnoqni qaychi bilan olmoq. yaya Maxsum oʻsiq tirnoqlarini Boboqulning boʻgʻziga botirishga chogʻlab, xezlanib kela boshladi. — S. Anorboyev — Oqsoy. Botirali tirnogʻi bilan stolni chertib oʻtirar, nima haqdadir oʻy oʻylardi. S. Ahmad, Hukm.
- Burgutning tirnogʻi. Mushukning tirnoqlari.
- Sherni sher qilgan — tishi bilan tirnogʻi. — R. Jumaniyozov — Soʻz koʻrki — maqol.
- Ot tirnogʻiga tekkan tosh Yongʻoqday ushalib ketdi. — — Nigor va Zamon.
- Ot tirnogʻidan chiqqan qumlar Qozonday ovdarilibyotdi. — — Gulixiromon.
- Tirnoq koʻrmoq. Tirnoqqa zor boʻlmoq. shj Obodon xola Safo ota bilan ellik yil birga turmush kechirdi. Ammo ularga tirnoq nasib etmadi. — R. Otayev — Siz nima deysiz?
- Gulnor bilan oʻn uch yil birga turib, tirnoq yuzini koʻrmadik. — Oydin — Ikki koʻzi shunda.
- [Akbaralini] Baʼzan kechalari ham chaqirib qolishsa, yoʻq demay, brezent shimini kiyib, shaldir-shuldir zanjirli "temir tirnoq"larini yelkasiga ilib chiqib ketardi. — A. Muxtor — Chinor.
- Oxirgi kolonkada, tirnoq ichida, "Tuzuk odamlarning bolalari" degan maqola boʻlib.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Siz ham xizmatchining tirnogʻini oʻstirmaydiganlardan ekansiz, — Yoʻldoshboy shunday dedi-yu, boyning betiga tik qaragancha turaverdi. — H. Nuʼmon va A. Shorahmedov — Ota.
- Sen tirnoq orasidan kir qidirmay qoʻya qol. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- [Oʻktam:] Gap tashuvchi, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqim-chilarni men juda yomon koʻraman. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Darrov tirnoq tagidan kir qidirasiz-a, Samadov? — P. Kodirov — Uch ildiz.
- Tish-tirnogʻigacha qurollanmoq.
- Man bir parcha boshpanamga tish-tirnogʻim bilan yopishganimdan hafsalasi pir boʻlayozgandi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0