Izohli lug‘at
titramoq
титрамоқ
Ma’nolari
- Sovuqdan, qoʻrquvdan, hayajondan yoki darmonsizlikdan, kasallik va shu kabilardan qaltiramoq.
- Qimirlamoq, tebranmoq, silkin-moq, larzaga kelmoq.
- Titroqqa oʻxshash boʻlinib-boʻlinib chiqmoq, ifodalanmoq (ovoz, tovush haqi-da).
- Titroqqa oʻxshash ifoda bermoq, harakatlanmoq.
Misollar
- Hayot piq-piq yigʻ-lar, yelkalari dir-dir titrar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻzlarimiz toʻqnash-di-yu, uning lablari titrab, koʻzlaridan ikki tomchi yosh dumalab ketdi. — M. Jabborov — Sevinch yoshlari.
- Shodligimdan oʻzimni yoʻqo-tayozdim, dagʻ-dagʻ titrayman. — Gazetadan.
- Baland, toʻgʻri oʻsgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jimgina titraydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ali tajangning sargʻish moʻy-lovi titrab ketdi. — Oybek — Quyosh qoray-mas.
- Gʻulomjonning gurzisi asov tosh ustiga dahshat bilan urilganda, butun togʻ titrar, ungur ichi gumburlab ketar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qattiq titragan deraza orqali uzoqda oʻt-boʻronlar koʻrinadi. — Oybek — Quyosh qo-raymas.
- -Qalay endi, tuzukmisiz? -Shukur, rahmat, —uning ovozi titrab, gapining oxi-ri yaxshi eshitilmadi. — S. Ahmad — Hukm.
- Uyning yaqindagina sirlangan, boʻyoq isi anqib turgan shifti ostida tor sadolari titrab ketdi. — U. Hoshimov — Bahor qaytmaydi.
- Soʻzlar ekan, yuragi mashʼum bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0