Izohli lug‘at
tizim
тизим
Ma’nolari
- Ip, sim va shu kabilarga terilgan narsa; shoda.
- Bir soha, muassasa va shu kabilarga oid yoʻnalish, ish-faoliyat kabilar majmui.
- Oʻzaro bogʻliq va uzviy tartibda boʻlgan narsa, hodisalar birligi, majmui.
- Oʻzaro bogʻliq qismlardan tashkil toptan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va b. jihatdan tuzilish shakli.
- Biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va tartib-qoidalari majmui. Baholashning reyting tizimiga oʻtildi. "Maʼrifat".
Misollar
- Bir tizim marvarid. Bir ti-zim marjon. Bir tizim pomidor qoqi. Bir tizim qalampir. n
- Biz ishni choʻzmaslik uchun har quvurni alohida emas, ikki-uchtasini bir tizim qilib burab olar edik. — P. Qodirov. Erk.
- Bank tizimi. Xalk, taʼlimi tizimi. Xavf-sizlik tizimi. ■■
- Mehnat vazirligi tizimida ishlayotganingizga ham ancha boʻlibdi. Tizim va uning joylardagi boʻlimlarida xotin-qizlarning faoliyati qanday? - Tizimimizda ishlayotgan xotin-qizlarning olib borayotgan ishlari yaxshi. — "Mehnat".
- Mamla-katimizning tashqi iqtisodiy munosabatlarida muhim oʻrin egallagan tashqi savdo tizimidagi tub oʻzgarishlar sust amalga oshirilmoqda. — "Fan va turmush".
- Barcha boʻgʻindagi davlat idoralari faoliyatining huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladigan qonunlar tizimini barpo etish lozim. — Gazetadan.
- Ular, bizga maʼlum sabablarga koʻra, "Markaz" deb ataluvchi eski tizimdan nihoyatda bezillab qolishgan. — Gazetadan.
- Jumhuriyatlarda bugun mutlaqo bir-biriga oʻxshamaydigan turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimlar vujudga kelmoqda. — Gazetadan.
- .mehnat unum-dorligini taʼminlovchi omillarning mun-tazam tizimini yaratish tarafdorimiz. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0